Ðåôåðàòû

Êóðñîâàÿ: Èñòîðèÿ Áàõòè¸ðà

Êóðñîâàÿ: Èñòîðèÿ Áàõòè¸ðà

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI

JAHON IQTISODI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI

“SIYOSATSHUNOSLIK” KAFEDRASI

KURS ISHI

Mavzu:Birinchi jahon urushi davrida xalqaro munosabatlar

Tayyorladi:Sultonov B.N.3-1a-00,XM

Tekshirdi:T.f.d.,prof., Farmonov R.F.

TOSHKENT-2003

Mundarija

1.

Kirish.........................................................................

3

2. Urushning sabablari.................................................. 4

3. Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari............ 5

4. Germaniyaning bosqinchilik rejalari........................ 7

5. 1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar............... 8

6. Bolgariyaning urushga qo’shilishi............................ 12

7. Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya.................. 14

8. Birinchi jahon urushining yakunlanishi.................... 17

9.

Xulosa.......................................................................

18

10.

Foydalanilgan

adabiyotlar 19

Kirish

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida keskinlashgan dunyoni qaytadan bo’lib

olish uchun bo’lgan kurash Evropa davlatlarining ikki guruhi shakllanishiga

olib keldi.Birinchi guruhda Germaniya boshchiligidagi Avstro-Vengriya,

Turkiya va Bolgariya bor edi. Ikkinchi guruhga esa Angliya, Franciya, chor

Rossiyasi kirgan edi. Keyinroq unga Italiya, Amerika Qo’shma Shtatlari va

boshqa davlatlar qo’shildilar.

Davlatlarning mazkur ikki guruhi o’rtasida mustamlakalarni bo’lib olish,

ta’sir doiralarini qaytadan taqsimlash va XX asr boshlarida vujudga kelgan

kuchlarning yangicha o’zaro nisbatiga mos ravishda yangi jaxon tartiblarini

qaror toptirish uchun kurash borar edi. Bu shiddatli va ayovsiz kurashning

o’ziga xos xususiyati shunda ediki, u milliy manfaatlar uchun emas, balki

hali bo’lib olinmagan yerlarni qo’lga kiritish uchun intilayotgan yirik

sarmoya egalarining manfaati uchun olib borilmoqda edi. Bu – dunyoni qaytadan

bo’lib olish, ulkan daromad va jahon bozorida alohida imtiyozlarga ega

bo’lish uchun kurash edi.

1914 yil yozida Germaniya qayta qurollanish bo’yicha Antanta mamlakatlarini,

harbiy tayyorgarlik bo’yicha Rossiya va Franciyani ortda qoldirdi. Mamlakat

armiyasini jangovor holatga keltirish rejasi 1914 yil 31 martdayoq tayyorlab

qo’yilgan edi. Bu narsa Germaniyaga juda qo’l kelar edi. Chunki u o’z

raqiblaridan ustunlikka erishgan va urushni boshlash uchun eng qulay vaziyat

edi. Ushbu ustunlik ham birinchi jahon urushining tezlashishiga sabab

bo’ldi.

Avstriya imperatori Franc-Iosif(1830-1916) ancha keksaygan va hayotining

so’nggi kunlarini o’kazmoqda edi. U mamlakatning so’nggi podshoxi bo’lib,

deyarli 60 yil hukmronlik qilgan va avtoritar, yakka hukmronlik davlati

tarafdori edi. Avstro-Vengriya siyosiy hayotida uning jiyani, taxt vorisi –

ercgercog Franc-Ferdinandning ahamiyati katta edi. U Serbiyani tor-mor

qilish va bosib olish rejalarini tuzayotgan harbiy partiyaning rahbari edi.

1914 yil iyun oyi so’ngida Franc-Ferdinand Serbiyaga bostirib kirishga hozirlik

ko’rayotgan Avstriya qo’shinlarini ko’rikdan o’tkazish uchun Bosniyaga borishga

qaror qiladi.

Sarayevo shaxri bo’ylab sayohati chog’ida Franc-Ferdinand va uning xotini serb

armiyasi oficerlaridan tuzilgan “Qora qo’l” tashkiloti a’zolari

tomonidan o’ldiriladi.

Berlin va Vena uchun xuddi shunday bahona kerak edi. Boshqa vaziyatda nizoni

balki diplomatik yo’l bilan hal qilsa bo’lar edi, ammo sodir bo’lgan bu voqea

Germaniya va Avstro-Vengriya uchun qulay paytda urushni boshlash

imkoniyatini tug’dirdi. Berlinda Rossiya hali urushga tayyor emasligini

bilsalar-da, Rossiya o’zining imkoniyatlarini safarbar qila olishini va

ittifoqchilar topa olishini ham yaxshi anglar edilar.

Avstro-Vengriya hukumati Germaniya hukumati bilan maslahatlashib, 1914 til

23 iyulda Serbiyaga ultimatum berdi. U o’zini hurmat qiladigan hech bir

davlat qabul qila olmaydigan qo’pol va keskin uslub bilan bitilgan edi. Berlin

va Venadagilar xuddi shunday bo’lishiga umid bog’lagan edilar. Rossiyaning

Avstro-Vengriya va germaniyani tinchlantirishga urinishlari behuda ketdi. Jang

shiddat bilan yaqinlashib kelar edi. Urush bombasi Yevropada, uning portlovchi

o’zagi esa Sarayevoda edi. Bu bomba malgam portladi. 1914 yil 29 iyulda

Rossiya imperatori Nikolay II harbiy safarbarlik haqidagi buyruqni imzoladi.

1 avgust kuni ham Germaniya safarbarlik e’lon qildi va shu kiniyoq

Rossiyaga urush ochdi. Rus-german urushi boshlandi. 1914 yil 3 avgustda

Germaniya Franciyaga urush e’lon qildi. 4 avgustda esa Angliya

Germaniyaga urush e’lon qildi. Urush g’ildiragi shiddat bilan aylanib ketdi.

1914 yil 23 avgustda Yaponiya Germaniyaga urush elon qildi va uning Xitoydagi

bir qator yerlarini, shuningdek, Tinch okeanidagi Germaniyaga qarashli

bo’lgan bir qancha orollarini bosib oldi. Turkiya kutilganidek Germaniyani

qo’llab-quvvatladi.1914 yil 22 iyulda Turkiya harbiy vaziri shu haqda malgam

berdi. 1914 yil 2 noyabrda Rossiya, 5 va 6 noyabrda esa Angliya va Franciya

Turkiyaga urush e’lon qildi. Nihoyat uzoq kelishuvlardan so’ng 1915 yil 23

mayda Italiya Avstro-Vengriyaga urush e’lon qildi. Shu tariqa birinchi jahon

urushi boshlanadi.

Urushning sabablari

Êóðñîâàÿ: Èñòîðèÿ Áàõòè¸ðà Urushning eng asosiy sabablari

bu – Yevropa davlatlarining ikki harbiy-siyosiy guruhi – Antanta va Uchlar

ittifoqi o’rtasida dunyoni qaytadan bo’lib olish uchun kurash va jahon bozorida

ta’sir doiralarini qaytadan bo’lib olish , yangi yerlar zabt etish uchun kurash

edi.

Har bir urushayotgan davlatning ma’lum bir maqsadi bor edi. Germaniyaning

asosiy maqsadi Angliya va Franciyaning mustamlakalarini bosib olish, Franciya

va Rossiyani kuchsizlantirish, Yevropa va Osiyoda( Sharqiy O’rta Yer dengizi

mamlakatlari, Turkiya) o’z hukmronligini o’rnatish edi.

Avstro-Vengriya - Bolqonda ta’sir doirasini kengaytirish, zulm ostidagi

slavyan xalqlarining milliy-ozodlik harakatini bostirish;

Angliyaning asosiy maqsadi Germaniyani kuchsizlantirish, uning

mustamlakalarini bir qismini bosib olish, Usmoniylar imperiyasini bo’lish

edi.

Franciyaning asosiy maqsadi Germaniyani kuchsizlantirish Germaniyaning Elzas

va Lotaringiya, Saar viloyatlarini, Reyn viloyatining bir qismini qaytarib

olish;

Rossiyaning asosiy maqsadi Bolqonda va Bosfor hamda Dardanel bo’g’ozlarida

o’z hukmronligini o’rnatish, Germaniyani kuchsizlantirish, Avstro-

Vengriyaning Bolqondagi hukmronlik havfini bartaraf etish;

Italiyaning asosiy maqsadi Afrika va Bolqonda yangi hududlar egallash edi.

Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari

Hali urush boshlanishidan ko’p vaqt o’tmay, Antanta davlatlari o’rtasida

kelajak o’ljani qay tarzda bo’lib olish haqida muzokaralar boshlanib ketdi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov ittifoqchi davlatlarlar elchilari

Paleolog va Byukenenga dunyoni urushdan keyen bo’lish rejalarini topshirdi.

Bu dastur Germaniya va uning ittifoqchilarini to’la mag’lubiyatga uchratishni

ko’zda tutar edi. Uning mazmuni quyidagicha edi:

1)Ittifoqchilarning eng asosiy maqsadi Germaniyaning harbiy qudratini

sindirishdan iborat; 2)hududiy o’zgarishlar faqat milliy asosda o’tkazilishi

lozim; 3)Rossiya ixtiyoriga Nemanning quyi oqimi va Sharqiy Galiciya

o’tishi kerak edi; Poznan, Sileziya va G’arbiy Galiciya Polshaga o’tishi

kerak edi(uni Rossiyaga qaram davlat sifatida tiklash mo’ljallangan edi);

4)Franciyaga Elzas-Lotaringiya qaytarib berilar,Reyn viloyati va

Palatinatning bir qismi berilar edi; 5)Belgiyaning hududi Germaniya hisobiga

kengaytirilar edi; 6)Shlezvig va Goldshtein Daniyaga qaytarib berilar edi;

7)Prussiya tomonidan 1866 yil anneksiya qilingan Gannover qirolligi qayta

tiklanishi kerak edi; 8)Avstro-Vengriya uch davlat – Avstriya, Vengriya va

Chexiyadan iborat monarxiyaga aylantirilishi lozim edi; 9)Serbiyaga Bosnia,

Dalmaciya, Gercegovina va Shimoliy Albaniya berilishi kerak edi;10) Serb

makedoniyasi Bolgariga berilishi kerak edi; 11) Valona Italiyaga, Janubiy

Albaniya Greciyaga berilar edi;12) German mustamlakalari Angliya, Franciya

va Yaponiya o’rtasida bo’lib olinishi kerak edi; 13)Germaniya va Avstriyadan

kontributciya undirib olinishi kerak edi.

Bu dasturdan ko’rinib turibdiki Rossiya asosan o’zining manfaatlaridan

kelib chiqqan holda bu masalaga yondoshgan. 26 sentyabrda Rossiya qo’shimcha

talab bilan chiqdi. U Rossiya kemalarining bo’g’ozlardan erkin, hech qanday

to’siqsiz kechishini ko’zda tutar edi. Lekin rus hukumati Turkiya hududini

bosib olish davo’larini hali qilmagan edi.

Turkiyani bo’lib olish masalasini ilk bor ingliz diplomatiyasi ilgari surdi.

Sazonovning dasturiga o’z munosabatlarini bildira turib, Angliya tashqi

ishlar vaziri Grey:”Agar Turkiya Germaniyaga qo’shilsa, bu davlat barham

topishi kerak”- dedi. U tinchlik dasturiga german flotinig topshirilishi,

Kil kanalining neytrallashtirish, Italiya va Ruminiyaning manfaatlari

hisobga olinish kabi qo’shimchalar qo’shilshi kerakligini ta’kidladi. Lekin

Grey Franciyaga Reyn viloyati berilishiga qarshi chiqdi. Shunday qilib

urushning dastlabki kunlaridan ittifoqchilar o’rtasida mustamlakalar

borasida kelishmovchiliklar kelib chiqdi.

Turk merosini bo’lib olish borasida 1914 yilning o’zidayoq diplomatik kurash

avj oldi. Ruslar uchun Turkiyaga zarba berishning eng qulay yo’li Erondan,

turklarning o’ng qanotini aylanib o’tib zarba berish edi. Ingliz hukumati

bunga yo’l qo’yishni istamas edi. Grey rus elchisi Bekkendorf bilan

suhbatida uni shu narsaga ishontirishga harakat qilar ediki, rus hukumati

Eron hududidan Turkiyaga qarshi urushda foydalanmasligi kerak edi. Uning

fikricha Rossiya o’z kuchlarini german frontidan chalg’itmasligi kerak edi.

Germaniya bilan kurash Turkiya bilan urushning natijasini hal qilar edi. U

agar Germaniya mag’lubiyatga uchratilsa, Konstantinopol(Istanbul) va

bo’g’ozlar masalasi Rossiya foydasiga hal qilinishini takidlaydi.

Oradan ko’p o’tmay Greyning fikrini Angliya qiroli Georg V ta’kidladi. Lekin

1914 yil 14 noyabrda rus hukumatiga yuborilgan rasmiy notada birinchi

o’rinda Rossiya bor kuchini german frontiga yuborishi, turk frontida esa

faqat mudofaa bilan cheklanish kerakligi haqida gapirilar edi. Bo’g’ozlar va

Stambul masalasi esa Rossiya roziligi bilan yechilishi kerakligi ta’kidlanar

edi. Bu nota uncha ham ishonchli emas edi.

G’arbiy frontda qiyin vaziyat yuzaga kelgani sababli ittifoqchilar

qo’mondonligi dushmanni yengish uchun boshqa malgamc yo’l izlay boshladilar.

1915 yil 25 fevralda ingliz va francuz kemalari Dardanel bo’g’ozi

kiraverishida joylashgan fortlarni o’qqa tuta boshladilar.Dardanel

operaciyasi muvaffaqiyat qozonishiga ishonib, Greciya bosh vaziri Venizelos

Greciya Antanta tarafida urushga kirishi va Dardanel bo’g’oziga desant va

flot yuborishga tayyor ekanligini aytdi. Chor hukumati bundan juda

hadiksiradi va Konstantinopol greklar qo’liga o’tib ketishidan qo’rqib

Greciyaning urushda qatnashishiga keskin norozi bo’ldi.

Lekin Greciya qiroli Konstantin Germaniyani qo’llab-quvvatlar va neytralitet

tarafdori edi. U 1915 yil 6 martda Venizelosni iste’fo berishga majbur qildi.

Greciya neytral bo’lib qoldi.

Agar Dardanel operaciyasi muvaffaqqiyat qozonadigan bo’lsa, bo’g’ozlar

ustidan nazorat Angliya va Franciya qo’liga o’tar edi. Angliya va Franciya

Rossiyaga berilgan va’da, yani Dardanel va Bosfor bo’g’ozlari hamda

Konstantinopolni berishni biror bir rasmiy hujjat bilan mustahkamlashga

shoshilmas edilar.

Germaniyaning bosqinchilik rejalari

Germaniyaning bosqinchilik rejalari o’z darajasiga ko’ra Antanta

davlatlarining rejalaridan ham kengroq edi.German hukmron doiralari dunyoni

tubdan o’zgartirishni talab qilar edilar. German hukmron doiralari orasida

paydo bo’lgan ikki hujjat diqqatga sazovor:oltita eng yirik Germaniya

iqtisodiy tashkilotlari chiqargan memorandum va olimlar memorandumi. Olti

eng yirik iqtisodiy tuzilmalar memorandumi quyidagilarni nazarda tutar edi:

ingliz, francuz, belgiyaliklar va boshqa davlatlarning mustamlakalarini bosib

olish; Antanta davlatlari bo’yniga reparaciyalar yuklash; Belgiya ustidan

protektorat o’rnatish; Franciyaning La-Manshdan Somma daryosigacha bo’lgan

hududlarini qo’shib olish; temirga boy Brieyni, Verden, Vogez va Belfor

qasrlarini bosib olish. Shu bilan birga ushbu hududlarda bosib olingan yirik

va o’rta yer mulklarni musodara qilish va ularni nemis oficerlari qo’liga

berish ko’zda tutilgan edi. Haqiqiy yer egalarining zararlari esa Franciya

hisobiga qoplanar edi.

Yevropaning sharqida ham yirik hududlarni Rossiya hisobiga qo’lga kiritish

ko’zda tutilgan edi. Hujjat tuzivchilarning fikricha urushdan so’ng

sanoatning rivojlanishi uchun yirik agrar baza kerak bo’lar edi.Shuning

uchun ulkan yer resurslari talab qilinar edi. Yuqorida keltirilgan hujjat

o’sha paytda paydo bo’lgan minglab shu kabi hujjatlardan biri bo’lib,

ularning ba’zilari matbuotda e’lon qilinar, ba’zilari faqat hukmron doiralar

uchun mo’ljallangan edi.

Germaniyaning hukmron doiralari buyuk davlatchilik shovinizmi bilan mast

edilar va butun dunyoda Germaniya hukmronligini o’rnamoqchi edilar. Ammo

o’zlarini ko’klarga ko’tarib maqtaydigan ba’zi kishilardan farqli o’larog

Germaniyaning o’sha paydagi kancleri Betman-Goltbeg ehtiyotkor siyosat

tutdi va o’z chiqishlarida Germaniya bosqinchilik urushi olib bormasligini

ta’kidlar edi.Ammo haqiqatda esa u juda katta hududlarni Germaniya qo’l

ostida birlashtirishga qaror qilgan edi.

Êóðñîâàÿ: Èñòîðèÿ Áàõòè¸ðà

1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar

Germaniya qo’mondonligi harbiy harakatlar rejasiga muvofiq 4 avgust kuniyoq

Belgiyaga asosiy hujumni boshladi.Bu yerda mudofaani yorib o’tish va

Yevropaning hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan sanoat rayonlarini egallab, bir

hamla bilan urushni yakunlash nazarda tutilgan edi. Germaniya qurolli kuchlari

shiddatli hujum natijasida bir necha hafta mobaynida deyarli jangsiz Belgiyani

bosib o’tdilar va Franciya hududiga kirib, Sena daryosi irmog’i bo’lgan Marna

sohillariga chiqdilar.1914 yilning 5-12 sentyabr kunlari Marna bo’yida

francuz va nemis qo’shinlari o’rtasida og’ir jangler bo’lib o’tdi. Unda nemis

qo’shinlari mag’lubiyatga uchradilar.

Sharqiy Prussiyada rus askarlarining hujumga o’tganligi nemis qo’shinlarining

mag’lubiyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Rus armiyasining hujumi

dastlab muvaffaqiyatli boshlandi. U Galiciyani egallab, Sharqiy Prussiya

hududiga yorib kirdi.Germaniya qo’mondonligi rus qo’shinlarining hujumini

qaytarish uchun askarlarining bir qismini Marna bo’yidan Prussiyaga

tashlashga majbur bo’ldi.

1914 yil oktyabr oyida turkiyaning urushga kirishi munosabati bilan

Kavkazorti, Mesopatamiya, Suriya va Falastinning sharqiy chegarasida yangi

frontlar vujudga keldi. Ammo turk armiyasi urushga tayyor bo’lmaganligi sababli

Kavkazortida rus qo’shinlaridan bir qator og’ir mag’lubiyatlarga uchradilar.

1915 yil 23 mayda Italiya Antantaga qo’shildi, o’sha yil oktyabr oyida

esa Bolgariya Germaniya-Avstriya ittifoqiga qo’shildi.

Marna bo’yidagi janglarda mag’lubiyat alamini tortgan ittifoqchi qo’shinlar

Germaniyaning sherigi Turkiyani urushdan chiqarish uchun dengizda bir qator

operaciyalarni malgam oshirdilar. 1915 yil fevral oyida ingliz – francuz

floti Turkiyaning Dardanel bo’g’ozidagi istehkomlarni bombalashga kirishdi.

Ammo bu hujumlar ko’zlangan natijani bermadi. Bu operaciya davomida 200

mingdan ortiq kishi halok bo’ldi va yaralandi. Natijada ana shu hamla

tashabbuskori, Angliya harbiy flotining birinchi lordi Uinston Cherchill

vazifasidan chetlashtirildi.Shundan keyen uning siyosiy faoliyatida 25 yil

tanaffus bo’ldi.

Shu bilan faol jangovor harakatlar to’htab qoldi. Butun yil davomida

mantiqsiz turg’un urush davom etdi. Tomonlardan hech biri vujudga kelgan

vaziyatni buzishni istamas edi. Lekin, diplomatlar faol ish olib bordilar.

Dardanell operaciyasining boshlanishi munosabati bilan Rossiya tashqi ishlar

vaziri Sazonov ittifoqchilardan rasmiy majburiyat, yani Turkiya atrofidagi

bo’g’ozlarni berishni talab qildi. U agar Rossiyaning ittifoqchilari o’z

majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsalar u istefo berishga majbur

bo’lishini aytdi. Bu shuni anglatar ediki uni Germaniya bilan ittifoqchi

bo’lish tarafdori bo’lgan kishi bilan almashtirishlari mumkin edi.Ba’zi bir

ma’lumotlarga ko’ra o’sha paytda rus podshosi saroyida qirolicha

boshchiligida nemis saroyini qo’llab quvatlovchi katta firqa mavjud bo’lgan.

1915 yil 12 martda Angliya rasmiy nota orqali Konstantinopol va unga

tutashgan hududni,Bosfor va Marmar dengizining g’arbiy qismini, Gallipol

yarim orolini, Janibiy Frakiyani Rossiyaga berishini tasdiqladi. Lekin

Rossiya bu hududlarni faqatgina Angliya va Franciya Turkiyaning Osiyodagi

mustamlakalarni bosib olsalargina, egalik huquqini olar edi. Rossiyaning

qo’liga bo’g’ozlar o’tishi evaziga Angliya Eronning neytral deb e’lon

qilingan hudidini olishi kerak edi.Bu esa Angliya qo’liga cheksiz neft

zaxiralarining o’tishiga olib kelar edi.

Franciya esa Turkiyaga juda katta investiciyalar kiritgan edi. Shuning uchun

Turkiyani bo’lib tashlash rejasiga Franciya salbiy munosabat bildirgan

edi.Ammo Turkiyaning Osiyodagi yerlaridan katta ulush olishini mo’ljallagan

Franciya hukumati 10 aprel kuni ingliz-rus shartnomasi shartlariga rozi

bo’ldi.

Dardanel bo’yidagi operaciyaning barbod bo’lishi Antanta ittifoqchilarini

G’rbiy frontdagi jangovor harakatlarga qaytishga majbur qildi. Germaniya ham

Franciya hududida hal qiluvchi jangga kirishishni va uning qarshiligini

sindirishni rejalashtirdi. Germaniya bosh shtabi Franciyaga uning eng mustahkam

mavqei – Verden qal’asi orqali hujum uyushtirishga ahd qildi. 1916 yil 21

fevralda germaniyaning 5-armiyasi ulkan harbiy operaciyani boshladi.

Hujumdan oldin francuz istehkomlari to’plardan shiddatli o’qqa tutildi. Krupp

zavodlarida tayyorlangan va uning qizi Berta nomi bilan “Katta Berta “deb

atalgan o’ta kuchli to’plar bilan jami 850 ta og’ir to’p ishga tishdi. Jangda

Evropaning eng qudratli ikki armiyasi yuzma-yuz keldi. Milliy g’urur tuyg’usi

junbushga keldi.Franciya qo’mondonligi bir qadam ham chekinmaslikka buyruq

berdi, askarlar so’nggi nafaslarigacha jang qildilar.Verden Franciyaning va

francuz armiyasining ruxini ko’tardi. Verden ostonalaridagi jang 1916 yil

21 dekabrgacha davom etdi va ikkala tomonga ham katta talafotlar keltirdi.

Franciya va Germaniya bu yerda 700 mingdan ortiq askar yo’qotdi.

Verden jangining yakunida Rossiya armiyasi katta rol o’ynadi. Bu yerdagi

janglarning hal qiluvchi bosqichi general Brusilov qo’mondonligidagi rus

armiyasining Janubiy-G’arbiy frontga hujum boshlashi va Avstriyaning 1,5

millonga yaqin askar va zobitini yo’q qilishi bilan yakunlandi.Shundan so’ng

Avstro-Vengriya amalda jangovor harakatlar qilish qobiliyatini yo’qotdi,

Germaniya esa tezda bu frontga o’zining asosiy zaxira kuchlarini tashlashga

majbur bo’ldi.

Verden ostonalarida jang davom etayotgan bir paytda Antanta ittifoqchilari

Somma daryosi bo’yida Verdendan 250 km va La-Manshdan 90 km bo’lgan ingliz

mudofaa sektorida hujum boshladilar. Britaniya to’plari deyarli etti kun

davomida german qo’shinlarini o’qqa tutdi.1916 yil 1 iyulda Britaniya

ko’ngilli askarlari hujumga tashlandilar.Ularning soni 100 mingdan ortiq edi,

ammo inglizlarning hujumi yerga chuqur ko’milgan nemis pulemetlarining

shiddatli o’tiga duch keldi. Nemislarning talafoti ko’p edi, ammo inglizlar ham

jami o’lganlar va yaralanganlar bilan 50 mingdan ortiq kishini yo’qotdilar.

Bu mantiqsiz qonli qirg’inda hech qaysi tomon muvaffaqiyatga erisha olmadi.

1916 yili Yevropada hammasi bo’lib 2 milliondan ortiq kishi halok bo’ldi,

ammo urushda o’zgarish bo’lmadi.Germaniya va Avstro-vengriya moddiy manbalari

yugab borardi. Ingliz flotining ustunligi sababli dengiz tomonidan qilingan

qamal nihoyatda samarali bo’ldi. Qamal tufayli Germaniya oziq-ovqat va

malgamc xom-ashyolarning o’zidagi zaxiralari bilan kifoyalani9shga majbur

bo’ldi. Bu esa surunkali urush olib borish uchun yetarli emas edi. Antantaga

esa AQSh yordam berar va u o’z mustamlakalari manbalaridan erkin foydalanish

imkoniyatiga ega edi.

Rossiyadagi ahvol juda og’ir edi. Uning hom – ashyosi va inson manbalari

yetarli bo’lsa-da, iqtisodiy qoloqlik ulardan samarali foydalanish imkonini

bermas edi. Transport tizimining tamomila izdan chiqqanligi, harbiy

idoralardagi o’g’rilik, harbiy-siyosiy va iqtisodiy tuzulmalarning eskirgan

tizimi va tartibsizliklar Rossiyani iqtisodiy va siyosiy inqiroz eshigiga

olib keldi.

Bolgariyaning urushga qo’shilishi

Italiyaning siyosiy orientaciyasi va Uzoq Sharqdagi kurash bilan birga

Bolqon uchun kurash ham avj olib ketdi.Bu yerda Bolgariyaning ahmayati katta

edi. Birinchidan Bolgariya eng katta armiyaga ega edi. Ikkinchidan o’zining

qulay geografik yerda joylashganligi sababli u ham Serbiyaga , ham Greciyaga

va Ruminiyaga qulay hijum qilish uchun placdarm edi.Agar Bolgariya Germaniya

tarafida urushga kirsa, u holda Serbiya zarba ostida qolar edi va

Ruminayaning Antantaga kirishinni qiyinlashtirar edi.Agar Bolgariya

Antantaga qo’shilsa, u holda serbiya uchun yordam taminlanar edi va Greciya

va Ruminiya Bolgariyadan namuna olar edilar.

Shunday qilib 1914 yildagi urush holatida Bolgariya butun Bolqon yarim

orolining kalitiga aylandi.Shuning uchun urushayotgan davlatlar urushning

dastlabki kunlaridan bolgariyani o’ztaraflarida urushni boshlashga harakat

qildilar.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov shuning uchun ham Bolgariyani

Rossiya tarafiga og’dirish uchun ko’p zo’r berdi. Antanta Bolgariya bilan

kelishuvga faqat bir holda erishishi mumkin edi.Bu ham bo’lsa Serbiya va

Greciyani 1913 yil Bolgariyadan tortib olgan hududlarni qaytarib berishga

ko’ndirish edi.Sazonov 1914 yil avgust oyidan boshlab serb va grek

hukumatlariga Bolgariyaga ba’zi bir yon berishlarga borishini so’rab murojaat

qilgan edi. Ammo Greciyadan buni so’rash mantiqqa to’g’ri kelmas edi.Bu narsa

faqat Greciya qiroli boshchiligidagi Germaniya tarafdorlari poziciyalarini

mustahkamlar edi.Qolaversa Greciya Bosh vaziri Venizelos Antanta tarafdori

bo’lsa-da, Greciya urushga o’zining ashaddiy dushmani bo’lgan Bolgariga

hududiy yon bosishlar evaziga kirmasligi aniq edi.

Antantaning Serbiyadan umidi katta edi.serbiya urushga kirgan edi. Va neytral

Greciyaning axvoliga ko’ra uning axvoli qiyinroq edi.serbiya bosh vaziri

Pashich Bolgariyaga serb Makedoniyasini berishga qaror qildi, buning evaziga

agar Antanta g’alaba qozonadigan bo’lsa, Serbiya Avstriyaga tegishli bo’lgan

bir qator janubiy slavyanlar yashaydigan hududlarni olishi kerak edi.Ammo

bunday noaniq vadalar bilan Bolgariyani ko’ndirish juda qiyin edi.Bolgariya

Antanta tarafida urushga kirishi uchun makedoniyani talab qilayotgan

edi.Bunga serblar “Makedoniyaning bir qismini bolgarlarga berguncha, butun

Serbiyani Avstriya bergan maqul “ deb javob berdilar.

Germaniyaning Bolgariyadagi ta’siri juda katta edi.qirol Ferdinand ularning

tatafida edi.Urushning birinchi kunlaridanoq Germaniya va Avstriya

Bolgariyani Serbiyaga hujum qilishga undab kelayotgan edi.Germaniya va uning

ittifoqchilari Bolgariyaga butun Makedoniyani, eski Serbiyani va agar

Ruminiya Antantaga qo’shilsa, Janibiy va Shimoliy Dombrudjani berishga vada

berdilar.Ammo Bolgariya hali urushga tayyor emas edi. Bolgariya neytral

vaziyatda qolishni afzakl topdi.

Bolgariya uchun bo’lgan kurashning natijasini harbiy vaziyatning o’zgarishi

hal qildi. Dardanel operaciyasining mag’lubiyatga uchrashi, rus armiyasining

sharqiy frontdagi og’ir mag’lubiyati va Avstriya va Germaniya qo’shinlarining

Serbiyaga qarshi katta qo’shin yuborishi ham bolgar hukmron doiralarining

qo’rquvini bosdi. Qirol Ferdinand va uning tarafdorlari katta o’ljalar vada

berayotgan, ammo Bolgariya uchun havfli bo’lgan Germaniya tarafida urushga

kirishga qaroq qildilar.1915 yil 3 sentyabr kuni Turkiya – Bolgariya, 6

sentyabr kuni esa Bolgariya, Germaniya va Avstro-Vengriya o’rtasida o’zaro

ittifoqchilik to’g’risida shartnoma imzolandi. Shunday qilib “To’rtlat

ittifoqi” tuzildi.

Greciya borasida ham qiyinmasala turar edi.U kim tarafida urushadi? Germaniya

tarafidami yoki Antanta? 1915 yil avgustda Greciya parlamentiga saylovlar

natijasida hukumat tepasiga yana Venizelos keldi. O’sha yili sentyabrda

Bolgariyaning Serbiyaga hujum qilish xavfi tug’ilganda grek bosh vaziri

Serbiyaga yordam berishi haqida aytdi, lekin buning uchun ittifoqchi

davlatlar Salonikiga 150 ming kishilik armiyani jo’natishlari kerak edi.

Franciya va Angliya Venizelosning ushbu taklifini qabul qildilar. Ammo

francuz qo’mondoni Joffer bunga qattiq qarshilik ko’rsatdi. Aytilgan

qo’shinga 22 ming kishi yetmas edi.Greciya bilan ittifoqchilar o’rtasida

muzokaralar olib borilayotgan vaqtda grek qiroli ikkinchi marta Venizelosni

lavozimidan ozod etdi va Greciya yana o’z neytralitetini e’lon

qildi.Salonikiga hali bor yo’g’i 80 ming kishilik armiya tashlangan edi.

Bundan foydalangan Bolgariya qo’shinlari 14 oktyabr kuni Serbiyaga hujum

qildi. Bir paytning o’zida shimol tarafdan Avstro-Vengriya va Germaniya

qo’shinlari hujumga o’tdi. Ittifoqchilarning Salonikidagi qo’shinlari

Serbiyani qutqarib qola olmadi.Serbiya armiyasi to’la mag’lubiyatga uchradi

va uning qolgan qutgan qismi Korfu oroliga evakuaciya qilindi.

Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya

Yevropadagi urush Yaponiya uchun qulay vaziyat tug;dirar edi. Buning

natijasida Yaponiya Germaniyaning Xitoydagi va Tinch okeanidagi

mustamlakalarini bosib oldi.1914 yil Yaponiya Xitoyga qarshi hal qiluvchi

jangga tayyorlana boshladi.

!914 yil dekabr oyida Yaponiya tashqi ishlar vaziri Kato yapon siyosatining

mazmunini ommaga anglatish uchun nutq so’zladi. 1914 yil 15 avgust kuni

Yaponiyaning Germaniyaga qo’ygan ultimatumiga ko’ra Yaponiya o’sha paytda

Germaniyaga tegishli bo’lgan Czanchjouni Xitoyga qaytarib berish maqsadida

olayotganini malum qilgan edi. Endi esa Kato bu taklif Germaniyaga faqat

mojaroning tinch yo’l bilan hal qilish umidida qilinganligini takidlaydi.

Nemislar bu taklifga ko’nmadilar va “endi Czanchjou taqdiri urush tugagandan

so’ng hal qilinadigan bo’ldi.Yaponiya hech bir boshqa chet davlat oldida ushbu

masala yuzasidan majburiyat olgani yo’q.” [1]

Umuman olganda Yaponiya Uzoq Sharqda faqat Germaniya yerlari bilan

cheklanib qolmas edi. Gap butun Xitoyning taqdiri haqida ketayotgan edi.1915

yil 18 fevral kuni Xitoy hukumatiga yaponiyaning rasmiy notasi

jo’natiladi.Unda Yaponiyaning Xitoyga 5 qismdan iborat bo’lgan 21 moddali

talablari joy olgan edi.

Talablarning birinchi guruxi Shandunni Germaniya tasir doirasidan Yaponiya

tasir doirasiga aylantirishni ko’zda tutar edi. Bu gurux talablarning eng

muximida shunday deyilardi:”Xitoy hukumati Shandun provinciyasi borasida

Yaponiya va Germaniya qandat qarorga kelishidan qat’iy nazar ilgari Germaniya

bilan tuzilgan kelishuvlar, shartnomalar sababli hamma shartlarga to’la

rozilik berish majburiyatini oladi.

Talablarning ikkinchi guruxi esa Shandun provinciyasi boshiga tushgan

taqdirni sharqiy Mo’g’uliston, Janibiy Manjuriya boshiga solishni nazarda

tutar edi. Port-Artur, Janibiy Manjuriya va Andun-Mukden temir yo’llarining

ijaraga olish muddati yana 99 yilga cho’zilishi ko’zda tutilgan edi. Undan

tashqari yapon fuqarolari Janubiy Manjuriya va Sharqiy Mo’g’ulistonda yangi

yerlar sotib olish, ushbu hududlarga erkin ko’chib kelish va u yerlarda

sanoat, savdo-sotiq va boshqa sohalar bilan shug’ullanish huquqini olar

edilar. Xitoyga tog’-kon sanoatida Yaponiyaga koncessiyalar berish taklif

qilingandi. Bundan tashqari Xitoy Yaponiyaning roziligisiz ushbu hududlarda

temir yo’llar qurilishi bo’yicha boshqa davlatlarga koncessiyalar bermaslik

majburiyatini olishi kerak edi.va nixoyat Xitoy Yaponiyaga Girin – Chanchun

temir yo’lini nazorat qilish va boshqarishni topshirishi kerak edi.

Uchinchi gurux talablar esa asosan Xitoydagi yapon korxonalariga katta

imtiyozlar berilishiga qaratilgan edi. Unda asosan Xanyepin kompaniyasi,

ko’mir-metallurgiya kombinatini aralash xitoy-yapon jamiyatiga aylantirish

mo’ljallangan edi. Yaponiyaning roziligisiz Xitoy o’z tashabbisi bilan bu

kompaniyaga berilgan haq-huquqular va mol-mulkdan foydalanoshi taqiqlanadi

va ushbu vakolat Yaponiya uchun 2007 yilgacha berilishi kerak edi.Xanyonin

kompaniyasiga uning korxonalari atrofida joylashgan tog’-kon resurslaridan

foydalanishga monopol huquq berilgan edi.

To’rtinchi gurux talablarda oldingi talablarning kafolati tarzida Xitoyning

hududiy yaxlitligini taminlash haqida gap borar edi. Aslida esa bu

Yaponiyaning Xitoyda gegemonligini taminlashiga qaratilgan tadbir edi.

Lekin eng qiyin talablar beshinchi gurux talablar edi.Ushbu talablarning

qabul qilinishi Xitoyning Yaponiya protektoratini qabul qilishni

anglatardi.ulkardan asosiylari quyidagilar:”1-modda. Xitoy hukumati muhim

iqtisodiy, siyosiy va harbiy ishlar bo’yicha yapon mutaxasislarini

maslahatchi tarzida taklif qiladilar.” 3-modda.”Xitoyning markaziy joylarida

policiya yaponlar va xitoylar tomonidan boshqarilishi yoki u yerda

policiyachilar asosan yaponlardan iborat bo’lishi kerak .” 4-modda.”Xitoy

Yaponiyadan Xitoy hukumatiga kerak bo’lgan malum miqdordagi qurol-aslaha

sotib oladi(umumiy talabning 50% miqdorida)yoki Xitoyning o’zida yapon-xitoy

arsenali yaratiladi.Bu maqsadda Yaponiyadan texnik ekspertlar taklif

qilinishi va yapon materiallari sotib olinishi mumkin.” Huddi shu yerda

Xitoyning Fuczyan provinciyasini yapon tasir doirasiga kiritishni nazarda

tutgan modda bor edi.Ushbu provinciya juda qulay geostrategik nuqtada

joylashgan bo’lib, Yaponiyaning Gonkong va Filippinni susaytirish uchun

yaxshi imkoniyat yaratar edi.Undan tashqari yapon fuqarolari missionerlik

faoliyati bilan shug’ullanish erkinligini beruvchi modda ham bor edi.Agar

Yaponiyaning 21 modda talablari malgam oshsa, Xitoy Yaponiyaga to’la ravishda

bo’ysundirilar edi.

AQSh Yaponiyaning Xitoydagi harakatlarini cheklashga harakat qildi. Shu

maqsadda AQSh Xitoyga diplomatik yordam ko’rsatdi. 1915 yil mart oyida

AQSh davlat kotibi Brayan Yaponiya hukumatiga uning Xitoyga nisbatan qo’yilgan

talablarga qarshiligi haqida nota yubordi.

Yuan Shikay hukumati yapon hukumatiga o’z javobini aytishga shoshilmas

edi.Buning sababi o’laroq Yaponiya Shandun, Manchjuriya va bir qator joylarda

o’z qo’shinlarini kuchaytirdi.

Xitoy esa qolaversa Yaponiyaning Czyanchouni qaytarishini va kelgusi yapon-

german muzokaralarida xitoyning ham ishtirok etishini so’radi. Buning javobi

tarzida 1915 yil 7 may kuni Yaponiyaning Xitoyga nisbatan ultimatumi e’lon

qilindi.Unga ko’ra agar Xitoy Yaponiya qo’ygan talablarga rozi bo’lmasa,

unda Yaponiya o’zi joiz deb bilgan istalgan chorani qo’llashini aytdi. Ammo

Amerikaning aralashuvidan hadiksirab Yaponiya beshinchi gurux talablaridan

voz kechdi. Faqatgina Funczyan provinciyasiga aloqador modda qoldirilgan edi.

AQSh boshqa yirik davlatlarning aralashuvini tashkil etmoqchi bo’ldi. Ammo na

Angliya, na Rossiya Germaniyaga qarshi urush sharoitida Yaponiya bilan

janjallashishni istamas edi. 8 may kuni Xitoy ultimatum shartlarini qabul

qildi.

Oradan bir necha kun o’tmasdan AQSh Tokioga shuni habar qildiki, AQSh

hukumati Xitoy va Yaponiya o’rtasidagi shartnomani tan olmaydi va ushbu

shartnoma AQSh manfaatlariga to’gri kelmaydi, qolaversa Xitodagi hamma

millatlar haq-huquqlarini poymol etadi.Ammo AQSh amalda Xitoyga yordam

berish uchun hech qanday choralar qo’llamadi.

Birinchi jahon urushining yakunlanishi

Rossiyada fevral inqilobi oqibatida bu davlat urushdan chiqishga majbur

bo’ldi. Buning uchun 1918 yil 3 martda Brest-Litovsk shaxrida Germaniya

bilan tinchlik shartnomasi imzolandi.Brest-Litovskdagi shartnoma Antanta

mavqeini anchagina kuchsizlantirdi. Germaniya bundan foydalanib hal qiluvchi

zarba berishga ahd qildi.1916 yildan boshlab Germaniya Sharqiy Yevropani o’z

nazorati ostiga olgan, uning barcha boyliklari, ayniqsa, oziq-ovqatidan

foydalanish, o’zining barcha qurolli kuchlarini g’arbiy frontda to’plashga

erishgan edi.Jang deyarli 4 yildan buyon davom etar, tomonlarning hech

qaysisi hal qiluvchi muvaffaqiyyatga erisha olmagan edi. Front chizig’ining

har ikki tomonida qazilgan handaklar Belgiya soxillaridagi Nyu-Port shaxridan

Ipr, Arras, Albert, Suasson, Reyms va Verdengacha cho’zilgan edi.Ko’plab

qurbonlar berilishi va zaharlovchi moddalar hamda tanklar singari yangi qurol

turlaridan foydalanishga qaramay, urushayotgan tomonlarning muvaffaqqiyat

qozonish uchun jon-jaxdlari bilan qilgan harakatlari hech bir natija

bermadi.

Germaniya qo’mondonligi jangni g’olibona ta’sirchan zarba bilan yakunlashga

qaror qildi. 1918 yil aprel oyida nemis qo’shinlari Antanta mavqelariga

kuchli hujum boshladi. Dastlab ular muvaffaqiyatli hamla qilib, Antanta

qo’shinlari mudofaasini yorib o’tdilar va Marna daryosi sohillariga chiqdilar.

Uzoqqa otadigan to’plar bilan Parijni o’qaa tutdilar. Ammo muvaffaqiyatni

mustahkamlash uchun Germaniya yetarli zaxira topa olmadi.Mamlakat holdan

toygan, armayaning harbiy ruhi cho’kkan, xalq urushdan charchagan edi. Ayni

paytda Antanta AQSh dan to’xtovsiz yordam olib turardi. AQSh “shartnomaga

qo’shilgan mamlakat” sifatida 1917 yil aprel oyida urushga kirgan edi.Germaniya

endi hujum qilishdan ojiz ekanligi ma’lum bo’lib qolgach, Antanta mamlakatlari

barcha frontlarda hujumga o’tadilar va nemis qo’shinlari bosib olgan Belgiya va

Franciya hududidan siqib chiqara boshladilar.

Antanta davlatlarining hujumi 1918 yil avgust oyida boshhlandi. Germaniyaning

g’arbdagi fronti yorib o’tildi va Antanta qo’shinlari uchun Germaniya hududiga

yo’l ochildi.Bolqonda, Saloniki shahri yaqinlarida ittifoqchilarning ko’p

millatli ekspediciya korpusi bolgar qo’shinlari mudofaa chiziq’ini yorib o’tdi

va oktyabrda Dunay soxillariga chiqdi.Avstriya qo’shinlari Vitoriyo Veneto

yaqinida 1918 yil sentyabrida mag’lubiyatga uchradilar. Germaniya

boshchiligidagi To’rtlat ittifoqi harbiy jihatdan mag’lub bo’lib, tarqalib

ketdi.

Germaniya oliy qo’mondonligi shundan keyen mag’lubiyatdan qochib

qutulolmasligini anglab yetdi. Amalda butun hokimiyatni o’z qo’lida tutgan

Germaniya bosh shtabi boshlig’i general E. Lyudendorf Germaniyaning harbiy

mag’lubiyatini tan olmagan holda faxrli tinchlik bitimini imzolash yo’llarini

qidira boshladi. Kelajakda mag’lubiyat mas’uliyati harbiylarga, armiya va

generallarga emas, balki Germaniya armiyasini saqlab qolish uchun bu ishni

hal qilishga hozir bo’lgan fuqaro shaxslar, diplomatlar va amaldorlar

zimmasiga tushishi uchun tezda sulx tuzulishini talab qilmoqda edi. Ammo

ittifoqchilar, birinchi navbatda AQSH prezidenti Vudro Vilson muzokaralarni

faqat Germaniya demokratik hukumati vakillari bilan olib borishlari

mumkinligini aytib, kayzer Vilgelm hukumati bilan bitim tuzish taklifini

qat’iyan rad etdilar. Lyudendorf ittifoqchilarning bu taklifini qabul

qilinishini va darhol demokratik asosda yangi hukumat tuzishni yo’qlab

chiqdi.1918 yil oktabyirida shaxzoda Maks Badenskiy hukumati tuzildi.U

Germaniya xalqi nomidan muzokara olib borishi kerak edi.Ammo Antanta

mamlakatlari hukumatlari buni qabul qilmadi, chunki u kayzerning avtoritar

tartiboti vakili edi.

Bu orada Antanta qo’shinlari barcha frontlarda hujumni kuchaytirdilar va

Germaniya ittifoqchilari birin-ketin taslim bo’la boshladi.

1918 yil 4 oktyabr kuni Chexiya va Slovakiya Avstro-Vengriya tarkibidan

ajralib chiqdi hamda mustaqil Chexoslavakiya davlati tuzilganinin e’lon

qilindi.

28 oktyabrda Serb, horvat va slovenlar qirolligi tuzilganligi e’lon qilindi.

(1918 yildan boshlab Yugoslaviya qirolligi). Shimoliy Bukovina Ukrainaga,

Galiciya Polshaga qo’shliganligini bildirdi

31 oktyabrda Avstriya va Vengriyada monarxiyalar ag’darib tashlandi hamda

Avstriya va Vengriya respublikalari tuzildi. Ular Antanta mamlakatlari taklif

etgan yarashuv shartlarini qabul qildilar.

1918 yil 29 sentyabrda Bolgariya, 30 oktyabrda Turkiya, 3 noyabrda Avstro-

Vengriya taslin bo’ldi.30 oktyabrda Turkiya imzolagan tarashuv bitimiga

ko’ra, uning qo’shinlari arab mamlakatlaridan olib chiqilishi, turk armiyasi

qurolsizlanishi, flot ingliz va francuz boshqaruvi ostiga o’tishi lozim edi.

1918 yil 30 sentyabr kuni Germaniya hukumati AQSh ga yarashuv bitimini

imzolash taklifi bilan murojaat qildi. Ayni paytda qo’shinlar qo’mondonligi

Mamlakat harbiy axvolini yaxshilash uchun yirik dengiz operaciyasini boshlash

haqida qaror qabulk qildi. 30 oktyabrda Germaniya harbiy eskadrasi

1918 yil 9 noyabr kuni Germaniyada respublika e’lon qilindi.Oradan ikki kun

o’tgach, 1918 yil 11 noyabr kuni Parij yaqinidagi Kompyen o’rmonida,

Yevropadagi Antanta qo’shinlari bosh qo’mondoni francuz marshali Foshning vagon

qarorgohida Germaniya hay’ati o’z hukumati nomidan yarashuv haqidagi, amalda

Germaniyaning mag’lubiyati borasidagi bitimni imzoladi.

Xulosa

Birinchi jahon urushi mobaynida xalqaro munosabatlar asosan urushayotgan

mamlakatlar o’rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi va har bir davlatning hoh

u yirik bo’lsin, hoh u kichik urush paytida vujudga kelgan ba’zi bir qulay

vaziyatlardan foydalanib qolish bilan asoslanadi.Urush davomida va ungacha

bo’lgan paytda asosan ikki blok Antanta va Germaniya boshchiligidagi

blokning o’zlariga ittifoqchilar axtarish, urushning borishini o’z

foydalariga hal qilish uchun kurash boradi.Ammo voqealar qanday

rivojlanishidan qatiy nazar birinchi jahon urushida hech bir urushyotgan

davlat aytarli yutuqqa erishmadi.Bu urushda bevosita 36 davlat qatnashib,

ularning urushga jalb etgan inson resurslari 70 milliondan oshdi.Qurbon

bo’lganlar va yaralanganlar soni esa 18 million kishini tashkil etdi.

Foydalangan adabiyotlar

1. “1914 yil 1 avgust”, Yakovlev N. N.,Moskva, Fargus.

2. “Yangi va eng yangi tarix”, Popov E. I., Moskva.

3. Yevropa tarixi,Koll. avtorov.,M.,1986-1996

4. Eng yangi tarix XX asr, Kreder A.A, M., 1996

5. Jahon tarixi-eng yangi davr, 1 qism, G.A. Hidoyatov , T.,2000

[1] “Mejdunarodniyi otniosheniya.”,seriya iii, t.VI, ch. 11,25 b.


© 2010 Ñîáðàíèå ðåôåðàòîâ